jqtm
Yuklanmoqda...

Янгиликлар

Марказ янгиликлари

Ўзбекистонда экстремизмга оид айрим жиноий жазолар юмшатилади

Ўзбекистонда экстремизмга қарши курашишга оид қонунчилик қайта кўриб чиқилмоқда. Олий Мажлис Сенати “Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига экстремизмга қарши курашиш самарадорлигини оширишга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қонунни маъқуллади. Қонуннинг энг муҳим янгиликларидан бири — экстремизм, сепаратизм ёки ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган материалларни тайёрлаш, уларни тарқатиш мақсадида сақлаш, шунингдек экстремистик ва террорчилик ташкилотлари рамзларини

Ўзбекистонда экстремизмга оид айрим жиноий жазолар юмшатилади Батафсил »

Dezinformatsiyaga qarshi immunitet

Bugungi kunda globallashuv va yuqori texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi sharoitida, yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan dezinformatsiya hamda destruktiv g‘oyalarning tarqalishi jahon hamjamiyatida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bunday vaziyatda o‘sib kelayotgan yosh avlodda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va internet orqali olinayotgan ma’lumotlarni tahlil qila olish qobiliyatini oshirish hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Nukus shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik

Dezinformatsiyaga qarshi immunitet Батафсил »

Yosh jurnalistlar bilan ishlashda yangi qadamlar

Bugun Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston davlat universiteti (QDU) jurnalistika fakultetining jurnalistlari, o‘qituvchilari va magistrantlari uchun trening o‘z ishini boshladi. Bu O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazining (JQTM) “Radikallashuv va terrorizmning oldini olishda yoshlar salohiyatini oshirish” mavzusidagi yangi loyihasidir. Mazkur loyiha YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori idorasi ko‘magida hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekspertlik ko‘mogi ostida JQTM tomonidan bir

Yosh jurnalistlar bilan ishlashda yangi qadamlar Батафсил »

BMT Korrupsiyaga qarshi

O‘zbekistonda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarining bajarilishi ilk bor nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan mustaqil ravishda monitoring qilindi hamda muqobil baholash mexanizmlarini joriy etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Xususan, “O‘zbekistonda ochiqlik va shaffoflik” tahliliy markazi tomonidan Konvensiyaning 5-moddasi (korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish siyosati hamda amaliyoti) ijrosi (https://www.facebook.com/share/p/1CuWQnXJbq/) yuzasidan, O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi

BMT Korrupsiyaga qarshi Батафсил »

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati: Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muvaffaqiyati nafaqat davlat idoralarining samarali ishlashiga, balki jamiyatning ushbu jarayonlarda qanchalik faol ishtirok etishiga ham bog‘liq. Ayniqsa, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi murakkab va tizimli masalada jamoatchilik nazorati eng muhim drayverlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu borada O‘zbekiston

Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati Батафсил »

Ўзбекистонда БМТнинг Коррупцияга қарши конвенцияси ижроси бўйича муқобил ҳисоботлар тайёрланди

Ўзбекистонда илк бор БМТнинг Коррупцияга қарши конвенцияси талаблари бажарилишини мониторинг қилиш жараёнига нодавлат нотижорат ташкилотлари жалб этилди. Шу орқали фуқаролик жамияти институтлари томонидан муқобил баҳолаш амалиёти йўлга қўйилди. Ҳисобот даврида “Ўзбекистонда очиқлик ва шаффофлик” таҳлилий маркази Конвенциянинг 5-моддаси — коррупциянинг олдини олиш сиёсати ва амалиёти ижроси бўйича мониторинг ўтказди. Ўзбекистон журналистларни қайта тайёрлаш маркази эса

Ўзбекистонда БМТнинг Коррупцияга қарши конвенцияси ижроси бўйича муқобил ҳисоботлар тайёрланди Батафсил »

Таниқли журналист Карим Баҳриев вафот этди

Устоз журналист, ёзувчи, таржимон, собиқ депутат ва сиёсатчи Карим Баҳриев 64 ёшида оламдан ўтди. Карим Баҳриев 1962 йили Самарқанд вилояти Ургут тумани Ғўс қишлоғида туғилган. Самарқанд давлат университети рус филологияси факултети, Москва Давлат Университетининг Журналистика факултетини тугатган. “Сабр косасининг синиқлари”, “Томчидил” шеърий китоблари, “Демократия ва инсон ҳуқуқлари”, “Журналистнинг ҳуқуқлари, мажбуриятлари ва масъулияти”, “Оммавий ахборот воситалари

Таниқли журналист Карим Баҳриев вафот этди Батафсил »

O‘zbekistonda gender indekslari bo‘yicha tadqiqot yakunlari muhokama qilindi

2026 yil 14 yanvar kuni Toshkent shahrida «Ilm Nuri Markazi» NNT tomonidan tashkil etilgan, O‘zbekiston Respublikasida Gender taraqqiyoti indeksi (GDI) va Gender tengsizligi indeksi (GII) ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari muhokamasi bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar

O‘zbekistonda gender indekslari bo‘yicha tadqiqot yakunlari muhokama qilindi Батафсил »

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 7-yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida amaliy muloqot o‘tkazildi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi aʼzolari, shuningdek, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy muloqot o‘tkazildi Батафсил »

“E-qaror”да очиқлик ҳақида

Ҳар уч қарордан бири жамоатчиликдан яширилган: “E-qaror”да очиқликка оид қонун қандай бузилмоқда? Сўнгги беш йилда Ўзбекистонда қабул қилинган минглаб давлат қарорлари жамоатчиликдан яширилган ҳолда қабул қилинган. Коррупцияга қарши курашиш агентлиги бошқарма бошлиғи Қаҳрамон Ниёзхўжаевнинг қайд этишича, 2021–2025 йилларда “E-qaror” электрон тизимига киритилган 24 417 та ҳужжатнинг 9 006 таси (37 фоизи) ёпиб қўйилган. Бу фақат

“E-qaror”да очиқлик ҳақида Батафсил »