jqtm
Yuklanmoqda...

XORAZMLIK JURNALIST RESPUBLIKA TANLOVI GʻOLIBI BOʻLDI

Oʻzbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan “Yoshlar va ijtimoiy tarmoqlar: internet madaniyatidan oqilona foydalanish” loyihasi doirasida oʻtkazilgan posterlar tanlovida Xalqbilan.uz sayti muharriri, jurnalist Mavjuda Sobirboyevaning ijodiy ishi eʼtirof etildi va diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan viloyatlardan saralangan ishtirokchilar yil davomida mediasavodxonlik koʻnikmalari, jurnalistikaning turli yoʻnalishlarida tahliliy maqolalar yozish va sharhlovchilik borasida bir necha bosqichlarda treninglar tashkillashtirilib kelindi.

Bugun ushbu treninglar yakunida  ishtirokchilarga sertifikat taqdim etildi.