Buxoro shahrida “O‘zbekistonda radikallashuv va terrorizmning oldini olishda ijodkor yoshlar salohiyatini oshirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.


Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan seminar-treningda viloyatdagi barcha faol jurnalistlar, blogerlar hamda Buxoro davlat universiteti (BuxDU) ustoz va talabalari bir maydonda jam bo‘lishdi.Ishtirokchilar sohaning eng kuchli salohiyatga ega professional ekspertlari, Nozima Toshpo‘latova, Artur Kan va Yoqutxon Mamatovadan raqamli gigiyena, mediasavodxonlik va sunʼiy intellekt (AI) vositalari bilan ishlash bo‘yicha puxta tayyorlangan amaliy saboqlarni olishmoqda.Tadbirda
Buxoro viloyati prokuraturasi matbuot kotibi ham faol ishtirok etib, OAV va blogerlar bilan destruktiv g‘oyalarga qarshi hamkorlikda kurashish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash masalalariga alohida to‘xtaldi. Ochiq muloqot shaklida o‘tayotgan ushbu trening Buxoro media makoni va yoshlari uchun katta tajriba maydoniga aylandi.








