YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda Namanganda jurnalistlar, blogerlar va nodavlat tashkilotlarning vakillari uchun mediasavodxonlik bo‘yicha trening o‘tkazdi. Trening jarayonida ishtirokchilar axborot bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlarini o‘rgandilar, faktlarni tekshirish, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish va kiberxavfsizlik vositalarini o‘zlashtirdilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar dezinformatsiya va zararli kontentga qarshi kurashish usullarini muhokama qildilar.
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen ishtirokchilar bilan uchrashdi.











