23-24 oktabr kuni Urganch shahrida jurnalistlar, mahalliy bloger va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari uchun «Tinchlikparvar jurnalistika barqarorlik va xafvsizlikni mustahkamlash omili» mavzusida trening bo’lib o’tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar tinchlikparvar jurnalistika mohiyati, vazifalari, imkoniyatlari mahalliy media amaliyotining tahlili asosida tushintirildi. Shuningdek, ziddiyatli vaziyatlarni yoritishning axloq-odobi, mavzuning gender jihatlari xususida atroflicha muloqotlar olib borildi.











