O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi hamda Kanada Mahalliy Tashabbuslar Jamg‘armasi (CFLI), jurnalist va blogerlar uchun “O‘zbekiston jurnalistlari va blogerlarining suvdan foydalanish va suvni tejash masalalarini yoritish bo‘yicha xabardorligini oshirish” mavzusida treningni dasturini yo’lga qo’ydi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda.
O’ttiz yildan ko’proq vaqt davomida Kanada Mahalliy Tashabbuslar Jamg’armasi (CFLI) rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik rivojlanish loyihalarini moliyalashtirib kelmoqda. CFLI – bu mahalliy NNTlar va boshqa boshlang’ich tashkilotlar tomonidan taklif etilayotgan va amalga oshirilayotgan kichik loyihalarni qo’llab-quvvatlovchi, gender tengligi va ayollar huquqlarini himoyalovchi, demokratik boshqaruv, iqlim o’zgarishi va ekologiya, xavfsizlik va barqarorlik bilan bog’liq kichik loyihalarni moliyalashtiruvchi dastur hisoblanadi. CFLI Kanadaning fuqarolik jamiyatlari va mahalliy tashkilotlar bilan munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi va butun dunyo bo’ylab aloqalarni mustahkamladi. Ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonning 4 ta eng qurg‘oqchil mintaqalari, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ва Тошкент ш.bir qator treninglar o‘tkazishilishi rejalashtirilgan bo’lib, trening mahalliy ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib borildi.
Loyiha amalga oshiriladigan hudularda ekspertlarni jalb qilgan holda treninglar o‘tkazish quyidagi muammolarni hal qilishga yordam berdi:
-suv muammolarini to‘g‘ri, professional yoritish orqali aholining suvni tejash borasidagi xabardorligi, fuqarolarning uyda va ish joyida suvga ehtiyotkorona munosabati oshiradi, aholining umumiy ekologik madaniyati yuksaldi;
– faol mahalliy NNTlar bilan hamkorlik qilish orqali fuqarolik jamiyati vakillarining ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda suvni tejash va jamoatchilik nazorati masalalari bo‘yicha xabardorligini kengaytirdi;
– тreninglar natijasida jurnalist va blogerlar tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda suvdan foydalanish, odamlarning tabiiy boyliklarga oqilona munosabatda bo‘lish masalalari hamma joyda tobora sifatli yoritib boradi, aholining umumiy ekologik madaniyati yuksaladi.
Trening yakunida ekspertlar ishtirokida «O‘zbekiston suv resurslariga iqlim o‘zgarishining ta’siri» mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, loyiha doirasida tayyorlangan jurnalistika fakul’teti talabalari, jurnalist va blogerlar uchun mo‘ljallangan “Ekojurnalistika” darsligi hamda Chirchiq daryosining ifloslanishiga bag‘ishlangan videorolik taqdimoti bo‘lib o‘tdi.