jqtm
Yuklanmoqda...

JURNALISTIKA FAKULTETI VA O’ZBEKISTON JURNALISTLARNI QAYTA TAYYORLASH MARKAZI O’RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Raqobatbardosh (sifatli) kadrlar tayorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti hamda O’zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi o’rtasida Memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida fakultet talabalarining amaliyot o’tashlarida shart-sharoit yaratib berish, hamkorlikda loyihalar tayyorlashga kelishib olindi. Malakali kadrlar tayyorlash ishiga munosib hissa qo’shib kelayotgan markaz Media savodxonlikni oshirish, Iqtisodiy jurnalistika, Ekojurnalistika yo’nalishlari bo’yicha tashkil etilayotgan seminar-treninglarga fakultetning professor-o’qituvchilarini jalb etishni rejaga kiritdi.

O`zMU Axborot xizmati