jqtm
Yuklanmoqda...

Global fuqarolikni targ‘ib qilishda OAV hamda volontyorlarning roli muhim

O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, Germaniyaning O‘zbekistondagi  Kattalar Ta’limi Tashkiloti (DVV International ) hamkorligida «Global fuqarolikni targ‘ib qilishda OAV va volonterlarni roli» mavzusida trening bo‘lib o‘tmoqda.

Treningni o‘tkazishdan maqsad mazkur jamiyatda radikalizm va terrorizm bilan bog‘liq  dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar to‘g‘risida nazariy va amaliy  mashg‘ulotlar yordamida jurnalistlar, blogerlar, ko‘ngillilarning global fuqarolik,  zo‘ravon esktremizmiga qarshi va bag‘rikenglik masalalari bo‘yicha xabardorligi oshirish, ularning OAVlardagi sifatli materiallari orqali fuqarolarni buzg‘unchilik faoliyatiga jalb qilinishining oldini olish, nizolar va kamsitilishlarning paydo bo‘lishiga qarshi xabardor qilish.

Treningda ishtirokchilarga “Global fuqarolik, uning ahamiyatini tushinishga ko‘maklashish va bu sohadagi ko‘nikmalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy  tarmoqlarda jurnalistlar, blogerlar va ko‘ngillilari materiallarida ushbu mavzuni targ‘ib  qilish, «Zo‘ravon ekstremizmiga qarshi: qiyinchiliklar va muammolar» terrorizm  targ‘ibotining vayronkor ta’siri qanday amalga oshirilayotgani, fuqarolarning  radikallashuvi sabablari, bu muammolarni qanday qamrab olish va axborot sohasida bu  tahdidlarning oldini olish, «Bag‘rikenglik», millatlararo va dinlararo tushunish g‘oyalarini ilgari surish va jamiyatda madaniy xilma xillikni yanada rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot ishlari yordamida mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashga faol ta’sir  o‘tkazish kabi tushunchalar bo‘yicha to‘liq tasavvur berilmoqda.

Obid Shabanov, jurnalist.