Toshkent da Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi taşabbusi bilan Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi hamkorligida «Etika, xavfsizlik va OAV erkinligi: sifatli jurnalistika asoslari» mavzusida davra suhbati bölib ötdi.


Tadbir davomida matbuot erkinligi masalalari, doimiy va tezkor ravişda özgarib borayotgan media makoni, yangi internet-platformalar hamda sun’iy intellekt rivojlanişini hisobga olgan holda jurnalistlarning kasbiy faoliyatida qanday axloqiy me’yorlar bölişi kerakligi muhokama qilindi. Jurnalistlar muhitidagi köplab munozaralarda söz erkinligi va uning chegaralari örtasidagi mezon qayerda ekani haqidagi murakkab savollar tez-tez muhokama qilinadi. Va har doim köpçilik jurnalistikadagi erkinlik — bu hamma narsaga ruxsat berilganlik (özboşimçalik) emasligini alohida ta’kidlaydi. Bu, avvalo, jamiyatning atrofda sodir bölayotgan voqealar haqida haqiqatni biliş erkinligidir. Sifatli jurnalist oçiqlik va axborotdan kengroq foydalaniş imkoniyati uçun kuraşar ekan, buni şov-şuvli sarlavha yoki xayp uçun emas, balki öquvçining röy berayotgan voqealarni anglab yetişi va ongli qarorlar qabul qiliş huquqi uçun qilişi lozim. Şunday qilib, jurnalistlarda erkinlik qançalik köp bölsa, ularning mas’uliyati ham şunçalik yuqori böladi.
Biroq şu bilan birga, bu yerda etika va axloq kabi tuşunça hamda fazilatlarni ham inobatga oliş zarur. Agar erkinlik bizga gapiriş va körsatiş huquqini bersa, etika buni qanday va nima maqsadda qilişimiz kerakligini körsatib beradi. Internet-platformalar va vositalarning jadal rivojlaniş davrida, feyklar hamda neyrotarmoqlarning ulkan oqimi fonida öz auditoriyasining işonçini qozoniş va uni saqlab qoliş uçun kuraşiş juda qiyinlaşdi. Arzimagan xato, noaniqlik yoki tekşirilmagan ma’lumotni e’lon qiliş oqibatida jurnalist va uning naşri işonç hamda nufuzini juda tez yöqotişi mumkin. Şu bois bugungi kunda özining qat’iy tamoyillari va etikasiga asoslangan sifatli jurnalistika masalasiga katta e’tibor qaratiş zarur. Kasbiy etika jurnalistlar hamjamiyatiga umuman olganda ma’lum bölgan asosiy qoidalarga quriladi. Şu örinda jurnalistning öziga xos muhim axloqiy fazilatlari ham katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaş lozim, bular: halollik va haqqoniylik, xolislik va beğarazlik, ijtimoiy mas’uliyat, sezgirlik va hurmat, tekşirilgan faktlarni uydirma, soxtalaştiriş va yaşirin reklamasiz yetkazişdagi qat’iyatlilik (prinsipiallik) hamda jasorat, şuningdek, xatoni tan oliş va tuzatişga tayyorlikdir. Uşbu fazilatlar axborot bilan axloqiy me’yorlar asosida işlaşga hamda materiallar qahramonlari va auditoriyaga zarar yetkazmaslikka yordam beradi.


Jurnalistika erkinligi, etika va xavfsizlik — öta özaro boğliq tamoyillardir. Etikasiz erkinlik dezinformatsiya va tuhmatga aylanib ketişi mumkin. Erkinliksiz etika esa şunçaki qoğozdagi qoida bölib qoladi. Xavfsizliksiz esa na birinçisi, na ikkinçisi imkonli böladi. Sifatli jurnalistika jurnalist haqiqatni muvozanatli tarzda izlaydigan, har bir sözga mas’uliyat bilan yondaşadigan va jamiyatni dolzarb hamda samarali tarzda xabardor qila oladigan joydan boşlanadi.
Davra suhbati iştirakçilari etika kodeksi loyihasi masalasi yuzasidan öz fikr-mulohazalari va takliflarini faol bildirdilar hamda tadbir yakunida uşbu hujjatni qabul qiliş uçun uning yakuniy tahririga özgartiş va qöşimçalar kiritiş maqsadida kelib tuşgan barça takliflarni tahlil qilib çiqiş töğrisida qaror qabul qilindi.








