jqtm
Yuklanmoqda...

E’LON!!!

«Yoshlar ijodida tinchlikniparvar mavzusi» tanloviga jurnalistlar, blogerlar va ijodiy oliy o‘quv yurtlari talabalarining ijodiy ishlarini qabul qilish yakuniy bosqichga kirdi.

Tanlov Toshkent shahri va O‘zbekistonning turli viloyatlarida 150 ga yaqin kishi ishtirok etgan bir qator o‘quv seminar-treninglaridan so‘ng, Kanada mahalliy tashabbuslar jamg‘armasi qo‘llab-quvvatlovi bilan «Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi» loyihasi doirasida e’lon qilindi.

Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar tinchlikni barpo etish nima va bu jarayonda medianing roli; OAV va ijtimoiy tarmoqlarda nizolar hamda ularning oldini olish mavzusini yoritish; shov-shuv (sensatsiya) va xabardor qilish o‘rtasidagi chegaralar; nizolarga sezuvchan jurnalistika, ushbu yo‘nalishdagi jurnalistik materialning tavsifi va tahlili; jurnalistikada tinchliksevar bag‘rikenglik tamoyillariga rioya qilish hamda ularning barqarorlik va xavfsizlikni saqlashdagi ahamiyati kabi masalalarni va tinchlik jurnalistikasining boshqa o‘ziga xos jihatlarini ko‘rib chiqdilar.

Bundan tashqari, ishtirokchilar mediasavodxonlik, vizuallashtirish va SI (sun’iy intellekt) kabi onlayn vositalardan foydalanish bo‘yicha o‘z amaliy ko‘nikmalarini ham oshirdilar. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni JQTMning yetakchi trenerlari olib bordilar.

Endi tashkilotchilar jurnalistika, kino va tasviriy san’at sohasidagi yosh ijodkorlar qanday ishlarni taqdim etishlarini qiziqish bilan kutmoqdalar. Tanlov natijalari va g‘oliblarni taqdirlash marosimi haqida shu yilning fevral oyi boshida saytimizda ma’lumot beramiz. Voqealarimizni kuzatib boring!

#CFLI