jqtm
Yuklanmoqda...

Urganch shahrida radikallashuv va terrorizmga qarshi kurashish mavzusida trening o‘tkazildi

19-20-avgust kunlari Urganch shahrida YXHTning O‘zbekistondagi Loyihalari Koordinatori tomonidan Bosh prokuratura ko‘magida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Yoshlar media savodxonligi – radikallashuv va terrorizmga qarshi kurashishda samarali vosita» mavzusidagi trening bo‘lib o‘tmoqda.

Jurnalistlar, blogerlar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tanqidiy fikrlash, faktlarni tekshirish, ma’lumotlarni vizuallashtirish va kiberxavfsizlikni ta’minlash, dezinformatsiyani aniqlash hamda destruktiv kontentga qarshi turishga qanday yordam berishini muhokama qilmoqdalar.

Ishtirokchilar o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmoqda, tajriba almashmoqda va kelgusidagi hamkorlik uchun yangi g‘oyalarni ishlab chiqmoqdalar. Shunday treninglar butun respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda.