jqtm
Yuklanmoqda...

Sud organlari matbuot kotiblari uchun trening o‘tkazildi

Toshkentda Oliy sud, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorash markazi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalari bo‘yicha bosh konsultantlari uchun tashkil etilgan “Sud organlari matbuot kotiblari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sunʼiy intellektdan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davomida sudlarning matbuot kotiblari sudlar faoliyatini yoritish hamda sud jurnalistikasi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlash texnologiyalari, shakl va matn uslublari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, malakali trenerlar tomonidan ochiq maʼlumotlar bilan ishlash va zamonaviy vizualizatsiyalash imkoniyatlariga zarur va foydali maʼlumotlar berildi.

Seminarda materiallar tayyorlash jarayonida ahloqiy va gender jihatlariga alohida eʼtibor qaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidan mediamaydon va raqamli infratuzilma, kiberxavfsizlikning huquqiy asoslari va tendensiyalari, huquqiy hujjatlar va sud amaliyotini tahlil qilishda sunʼiy intellektdan foydalanish, feyk yangiliklarga qarshi kurashish masalalari ham o‘rin oldi.

Jurnalistlarning sud axborotidan foydalanish, jurnalistlarning sud jarayonlariga kirishi, jarayon va sud qarorlarining ochiqligni taʼminlash, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini amalga oshishirda huquqlarini sudda himoya qilish masalalari hamda blogerlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarda eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy qoidalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ayrim sud ishlari aniq keyslar misolida tahlil etildi.

Interfaol muloqotlar va munozaralarga boy tarzda o‘tgan seminar-trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati materiallaridan