jqtm
Yuklanmoqda...

Mintaqaviy davra suhbatlari o‘tkazildi

Toshkent shahrida 4–5 noyabr kunlari YXHT va O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi hamkorligida “Radikallashuv va terrorizm oldini olish kontekstida yoshlarning mediasavodxonligi” mavzusida mintaqaviy davra suhbatlari o‘tkazildi.

Tadbirda OAV, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, blogerlar hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatining birinchi kunida Markaziy Osiyo mintaqasida radikallashuvning oldini olishda jamiyat ishtiroki, yoshlar o‘rtasida mediasavodxonlikni rivojlantirish, soxta axborot oqimlariga qarshi kurashish va fuqarolik jamiyatining roli muhokama qilindi.

Ikkinchi kun esa mahorat darslariga bag‘ishlanib, blogerlar va ommaviy axborot vositalarining radikallashuvga qarshi ijobiy narrativlar yaratishdagi o‘rni, mediasavodxonlik va milliy xavfsizlikning o‘zaro bog‘liqligi, diniy mazmundagi radikallashuvning oldini olishga oid samarali yondashuvlar yoritildi.

Tadbirda shuningdek O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi tomonidan bir qator hamkor tashkilotlarga tashakkurnomalar topshirildi. Jumladan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, hamkorlikni mustahkamlash va sohada faol ishtiroki uchun O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham TASHKKURNOMA bilan taqdirlandi.