jqtm
Yuklanmoqda...

Hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” gʻoyasini umummilliy harakatga aylantirish tashabbusini ilgari surdi. Yurtboshimiz sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik targʻibotini har bir oilaga olib kirish kerakligini taʼkidladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda 10 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat olib bormoqda. Ulardan bir qatori sogʻliqni saqlash tizimida, jumladan sogʻlom oila, sogʻlom turmush tarzi, kardiologiya, onkologiya, anemiya, leykemiya, qandli diabet va boshqa tibbiy yoʻnalishlarida faoliyat yuritishmoqda.

Tibbiy yoʻnalishda fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirish, jamiyatdagi tibbiy-ijtimoiy muammolarni chuqurroq oʻrganish, dolzarb masalalarga NNTlarni yoʻnaltirish va “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” umummilliy harakatiga poydevor yaratish maqsadida, 2025 yil oktyabr-dekabr oylarida bir qator mantiqiy ketma ketlikda tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilmoqda.  Jumladan, 10 oktyabr kuni Salomatlik va strategik rivojlanish instituti majlislar zalida “Millat salomatligi” birinchi fuqarolik davra suhbatiga olim, mutaxassis, ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini  ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, shuningdek, Salomatlik va strategik rivojlanish instituti va O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Jamiyatda fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar belgilandi.