jqtm
Yuklanmoqda...

Fikr – vizual jurnalistikaning ajralmas tarkibi

 Joriy yilning 28-29 sentyabr kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi  tomonidan jurnalist va blogerlar uchun data jurnalistika va ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

Markazning tajribali trenerlari Nozima Toshpo‘latova va Avazxon Xaydarov tomonidan ishtirokchilarga ochiq maʼlumotlar bazasidan foydalanish, ularni saralashda faktchecking usullarini samarali qo‘llay bilish yo‘llarini misollar yordamida namoyish etdilar.

Statistika agentligining Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i, Akrom Sultanov ishtirokchilar o’rtasida ochiq va konstruktiv dialog tashkil etishga chaqirdi. Uning aytishicha, aynan OAV vakillarining aktiv faoliyati sohadagi kamchiliklarni yechida yordam beradi va pirovardida respublikaning xalqaro reytinglarda yuqori pog’onalarga ko’tarilishiga yordam ham berishi mumkin.