O’zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi 4-5-may kunlari Buxoro shahrida buxorolik OAV xodimlari, jurnalist-blogerlar va talaba-yoshlar uchun “Bag’rikenglikni mustahkamlashda OAV va fuqarolik jamiyatining roli: gender stereotiplariga qarshi kurashish” mavzusida seminar-trening o’tkazildi. Unda Buxoro davlat universitetining jurnalistika yo’nalishida tahsil olayotgan bir guruh faol talaba-yoshlari va o’qituvchilari, hamda bloger va jurnalistlar ishtirok etdilar.
Seminar-trening davomida bag’rikenglik hamda gender tengligi kabi mavzularni OAVda to’g’ri va xolis yoritish prinsiplari haqida malakali mutaxassislar, soha professionallari tomonidan zarur bilim-ko’nikmalar berildi.
Interaktiv muloqot, amaliy mashqlar, qizg’in muhokama va bahslar jarayonida ishtirokchilar, talaba-yoshlar o’zlari uchun kerakli ko’plab yangi ma’lumotlarga ega bo’ldilar, fikr almashdilar.